Yoz keldi, va biz dam olishga, dengiz va sohilga otlanamiz. Lekin jarohatlar, ichak infeksiyalari va boshqa baxtsizliklar bizlarni hatto xushmanzara joylarda ham kutishi mumkin. Kerakli dori-darmonlar mavjud birinchi yordam to’plamini unutsangiz, har qanday yaxshilab rejalashtirilgan ta’til ham buziladi. To’g’ri yig’ilgan birinchi yordam to’plami – kichik jarohatlar va tobi qochishlar sizning dam olishingiz buzilmasligining kafolatidir.
O’zingiz bilan olsa arziydigan asosiy dori vositalari to’plamini ko’rib chiqamiz. Hech narsani unutmaslik uchun, toifalar bo’yicha tekshiramiz:
1. Kesib olish, yorilish, kuyish, shu jumladan quyoshdan kuyish
Vodorod perekisi, yod (yoki betadin), ko’kdori tayoqchasi (ular ayniqsa qulay va ixcham), malhamlar (plastir'), bintlar va D-pantenol asosida kuyganda ishlatiladigan preparatlar.
2. Shamollash, gripp, O’RVI va shunga o’xshash kasalliklar
Og’riq qoldiruvchi va istma tushuruvchi preparatlar. Tomoq va burun uchun eritmalar / spreylar, virusga qarshi preparatlar, shilliq qavat uchun antiseptiklar
3. Allergik kasalliklar
Antigistamin preparatlar (eng kam nojo’ya ta’sirga ega, oxirgi avlod preparatlari maqsadga muvofiq)
4. Zaharlanishlar, ichak infeksiyalari va faoliyat buzilishi
Sorbentlar va Ekofuril® - ichak infeksiyalariga qarshi ikki tomonlama ta’sir etuvchi va mikroflorani tiklovchi vosita – har qanday birinchi yordam to’plami uchun majburiy preparat.
Albatta, yuqorida safar uchun birinchi yordam to’plamining asosiy dori vositalari to’plami qayd etilgan. Uning yakuniy tarkibi sayohat qiluvchilarga bog’liq. Masalan, agar Siz bolalar bilan sayohat qilayotgan bo’lsangiz, bola uchun moslab, preparatlar tanlashingiz kerak (bu, birinchi o’rinda, istma tushuruvchi va og’riq qoldiruvchi vositalarga tegishlidir).
Agar sayohatchida surunkali kasallik mavjud bo’lsa, safar uchun birinchi yordam to’plamida bu muammolarga qarshi dori vositalari bo’lishi kerak. Bir qarashda bu narsalar ayondek tuyuladi,lekin inson dori vositalarini muntazam ravishda qabul qilmasa, balki zo’rayishlar paytida qabul qilsa, ularni unutish xavfi mavjud.
Shuningdek, safar uchun birinchi yordam to’plamining tarkibi qayerga jo’nab ketayotganingizga bog’liq. Masalan, agar Siz tabiat qo’yniga otlanayotgan bo’lsangiz, unda quyosh nuridan saqlovchi va hasharotlardan himoyalovchi vositalarni olmoq lozim. Agar Siz chet elga ta’tilga otlanayotgan bo’lsangiz, qo’l yukidagi dori vositalari standartlarga javob berishi va bojxonada savollar tug’ilishiga sabab bo’lmasligiga ishonch hosil qiling. Samolyot bortiga qo’l yukida simobli termometr o’rniga elektron turini olsa bo’ladi. Gipertoniklarga qo’l yukida tonometr olib o’tish ruxsat etiladi.