SAYOHATCHIDA DIAREYA

Qishda quyoshga tashnalik juda yuqori bo’ladi. Atrof kulrang va qayg’uli, kunlar qisqa, sovuq... Va biz issiqlikni izlab, uzoq mamlakatlarga – Hindiston, Tailand, Vyetnam, Bali va Dominikan orollariga, otlanamiz. Qishda qayerga borishni ham xohlab qolish mumkin!

Bunday safar sog’liq va kayfiyatga foydalidir, faqat ehtiyot choralarini yodda tutsangizgina. Issiq mamlakatlarga jo’nab ketayotganda insonlar aynan iliq va nam iqlim kasallik sababchisi bo’lgan mikroorganizmlarning tez ko’payishiga imkoniyat tug’dirishini unutadilar. Jo’mrakdan ehtiyotsizlik bilan ichilgan bir qultum suv, yahshi yuvilmagan shoshqaloqlik bilan iste’mol qilingan meva, kafedagi ekzotik taom – mana endi dam olish azobga aylanadi! Ichimliklar va ovqat bilan birga kasallik qo’zg’atuvchilari oshqozon-ichak traktimizga makkorona kirib boradi.

Sayohatchida diareya – bu doimiy yashash joyini o’zgartirish va asosan iliq mamlakatlarda bo’lish vaqtida paydo bo’ladigan oshqozon-ichak trakti kasalligidir.

Sayohatchida diareya belgilari

Asosiy belgi – bir necha kun davomida suyuq najas kelishi. Bunday sodda usulda organizm infeksiyadan qutulmoqchi bo’ladi. Ko’pincha, ichburug’ bilan birga qorin og’rig’i, ko’ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Sayohatchida diareyaning og’ir kechishi belgilari bu najasda qon aralashmasi mavjudligi, tananing yuqori harorati (38-39 оС gacha), hamda suyuqlik va tuzlarni ko’p miqdorda yo’qotish natijasida yuzaga kelgan tirishishlar hisoblanadi.

Diareyada nima qilish kerak?

Birinchi navbatda, shifokorga murojaat qilish zarur, ayniqsa, Siz yosh bolalar bilan birga sayohat qilayotgan bo’lsangiz – og’ir oqibatlarga olib keluvchi suvsizlanish bolalarda juda tez yuzaga keladi. Ahvol keskin darajaga yetmasdan sayohatchida diareyani davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak.

Davolashning asosiy qoidasi – yo’qolgan suyuqlik miqdorini tiklashdadir. Shu maqsadda, organizm uchun maqbul nisbatda tuz komponentlari va glyukoza saqlagan maxsus eritmalar bemorga beriladi.

Diareyani davolashning ikkinchi muhim jihati bu uning bevosita sababiga ta’sir ko’rsatishdir: enterosorbentlar qabul qilish toksinlar so’rilishini kamaytiradi, mikrobga qarshi preparat va prebiotik tayinlanishi zararli bakteriyalarni yo’qotadi va ichak normal mikroflorasini tiklaydi.

Sayohat paytida diareyaning qanday oldini olish mumkin?

  • Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiling
  • Tishlaringizni tozalashda jo’mrakdan oqayotgan suvdan foydalanmang
  • Sayohatga birinchi yordam ko’rsatish uchun kerakli barcha asosiy dori vositalarini o’zingiz bilan oling: tabletka shaklidagi enterosorbentlar va Ekofuril® kapsulalari.

Ekofuril® diareyani davolash uchun mo’ljallangan, bakteriyaga qarshi samarali preparatdir. Ushbu preparatning asosiy ta’sir etuvchi moddasi – nifuroksazid – faqat ichakda ta’sir etadi va qonga so’rilmaydi, shuning uchun uning qo’llanilishi tizimli antibiotiklar qo’llanishidan farqli o’laroq butun organizmga ta’sir qilmaydi. Ekofuril® yordamchi modda sifatida,o’zining ichak normal mikroflorasini tiklash xusisiyati bilan mashhur laktuloza-prebiotikni saqlaydi.

Ekofuril® diareyani chaqirgan kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalarni yo’q qiladi, hamda kasallikdan keyin ichak normal mikroflorasining tez tiklanishiga yordam beradi, shu sababli, Ekofuril® bilan davolanishdan so’ng pre- va probiotiklarni qo’shimcha qabul qilish kerak bo’lmasligi mumkin.

  • Sizga taklif qilinayotgan ovqatning tanloviga va uni tanovul qilish joyiga e’tibor bilan yondаshing. Ko’chadan ovqat sotib olmang
  • Mevalarni po’stlog’ini arting va ularni butilkadagi suvda yuving
  • Faqatgina butilkadagi suvlarni iching.

Ushbu oddiy qoidalarga rioya qilish Sizga sayohatdan to’liq bahramand bo’lish imkoniyatini beradi.

← Maqolalarga qaytish

QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR MAVJUD. QABUL QILISHDAN AVVAL YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING
Yuqoriga
Qayerdan sotib olish mumkin