Bolalar ichak infeksiyalari bilan ancha tezroq zararlanadilar, va kattalarga nisbatan zaharlanish va kasallanishlarni og’irroq boshlaridan kechiradilar. Yoz fasli faqatgina yoqimli daqiqalar bilan o’tishi uchun, quyidagi 7 oddiy tavsiyalarga rioya qiling:

  • Farzandingiz qo’lini sovun bilan yuving – hojatxonadan va sayrdan keyin, ovqatdan va uyqudan oldin va hokazo.
  • Sayrga o'zingiz bilan albatta antibakterial salfetkalar/gel oling. Ularni farzandingizni bir nima bilan siylashdan avval qo'llang – qo'llarini arting.
  • Sabzavot va mevalarni yaxshilab yuving, ekzotik mamlakatlarda-ichimlik suvi bilan yuving.
  • Farzandingiz ichishi uchun faqat qaynagan (yoki tekshirilgan ishlab chiqaruvchining butilkadagi) suv va sut bering.
  • Ovqat yaxshilab issiqlikdan o'tishi kerak (ayniqsa, bozordan olingan sut va sut mahsulotlari, hamda go'sht, baliq, tuxum va hokazolar)
  • Bolalar stoli uchun mo'ljallangan mahsulotlarni uzoq vaqt davomida saqlamang. Bolalar uchun oziq-ovqat muzlatgichda, yopiq va yangi (aynimagan) holatda saqlanishi kerak. Kechagi sabzavotli bo’tqalar bilan tajriba o'tkazmaslik lozim. Kichkintoyga yangi tayyorlangan taomlarni bering.
  • Birinchi yordam to'plamida doimo ichak faoliyatining buzilishi uchun mo'ljallangan preparatlarni saqlang: sorbentlar, suv-tuz balansini tiklash uchun eritmalar, shuningdek ichak infeksiyalariga qarshi va mikroflorani tiklovchi preparat - Ekofuril® (3 yoshdan katta bolalar uchun).

← Maqolalarga qaytish

QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR MAVJUD. QABUL QILISHDAN AVVAL YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING
Yuqoriga
Qayerdan sotib olish mumkin