Haqiqatdan ham, Ekofuril® mikrobga qarshi preparat hisoblanadi. Ma’lumki, mikrobga qarshi preparatlarning kasallikka sabab bo’lgan bakteriyalarga nisbatan ta’siri ko’pincha inson organizmida ichak normal mikroflorasi balansining buzilishiga olib keladi. Ichak mikrobiotini tiklash uchun pro- va prebiotiklar qabul qilish tayinlanadi. Ekofuril® ichakdagi foydali bakteriyalarga ta’sir ko’rsatmaydi va o’z tarkibida ichak normal mikroflorasi balansini saqlash va tiklashga yordam beruvchi prebiotikni saqlaydi. Demak, Ekofuril® qo’llangandan so’ng probiotik qabul qilish shart emas.
Ekofuril® mikrobga qarshi preparat hisoblanadi, o’z o’rnida antibiotiklar ham ushbu guruhga kiradi. Ammo, Ekofuril® ichakdagi kasallik sababchisi bo’lgan bakteriyalarni yo’qotish bilan birga, qonga deyarli so’rilmaydi va organizmga tizimli ta’sir ko’rsatmaydi.
Ekofuril® preparatini qabul qilish ovqat iste’mol qilishga bog’liq emas. Infeksiya qo’zg’atuvchisiga ta’sir birinchi doza qabul qilingandan so’ng boshlanadi, biroq, ahvolning qancha vaqtdan so’ng yahshilanishi ichakning infeksiyalanganlik darajasi va holatning og’irligiga bogliq. Odatda, sezilarli yahshilanishga davolash boshlanganidan 24-36 soat keyin erishiladi.
Ekofuril® mikrobga qarshi preparatini ichak infeksiyalari profilaktikasi maqsadida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Ekofuril® yuqumli diareya sababini samarali bartaraf etadi va tarkibida prebiotik mavjudligi sababli ichak normal mikroflorasini tiklaydi va saqlaydi.
Ekofuril® ni qo’llash uchun ko’rsatma bu,infeksiya tufayli boshlangan ichburug’dir. Baland istmaga qaraganda, Sizda hoynahoy ichak infeksiyasi. Sizga Ekofuril® 200 mg dozada sutkasiga 4 mahal 7 kun davomida tayinlanadi. Ammo, davolanish boshlanganidan bir kun keyin holatingizda ijobiy dinamika kuzatilmasa,shifokorga murojaat etishingizni tavsiya etamiz.
Dori vositasini tibbiyotda qo’llash uchun yo’riqnomasiga ko’ra, Ekofuril®ni 7 kundan ortiq qabul qilish kerak emas. Odatda, Ekofuril® bilan davolanish kursi 5-7 kunni tashkil etadi.
Respublikada preparatning faqatgina kapsula shakli mavjudligini inobatga olgan holda, Siz yuqumli diareyani davolashda Ekofuril®ni 3 yoshdan katta bolalar uchun qo’llashingiz mumkin. Dori vositasini tibbiyotda qo’llash uchun yo’riqnomasiga ko’ra, Ekofuril® kapsulalarini 3 yoshdan katta bolalar uchun qo’llash ruxsat etiladi, quyidagi dozada: 100 mglik 2 kapsuladan sutkasiga 3 mahal, yoki 200 mglik 1 kapsuladan sutkasiga 3 mahal (sutkasiga 600 mg). Qo’llash davomiyligi – 7 kundan ortiq emas. Kasallikda ijobiy dinamika kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Kattalarga Ekofuril® 200 mg dozada sutkasiga 4 mahal 7 kundan ortiq bo’lmagan vaqt davomida tayinlanadi. Ya’ni, 1 kishi uchun 28 tabletka. Ikki kishi uchun Sizda Ekofuril® 200 mg №30 ning 2 ta o’rami bo’lishi kerak.