Kapsulalar

Ekofuril®

Og’iz orqali qo’llangandan so’ng nifuroksazid oshqozon-ichak traktida deyarli so’rilmaydi va tizimli ta’sir ko’rsatmaydi. Bakteriyalarning sezuvchan turlariga nisbatan antibakterial faolligi faqatgina ichak oralig’ida namoyon bo’ladi. Ichakdan o’zgarmas holatda chiqarib tashlanadi. Eliminatsiya tezligi preparatning dozasi va oshqozon-ichak trakti motorikasiga bog’liq.

Nifuroksazidning boshqa dori vositalari bilan o’zaro ta’siri to’g’risida ma’lumotlar e’lon qilinmagan.

Nifuroksazid

Yuqumli genezli o’tkir va surunkali diareya (gijja invaziyasi belgilarisiz).

Surunkali kolit va enterokolitlar.

Diareyani davolashda bemor ahvoliga va diareyaning davom etish muddatiga ko’ra nifuroksazid bilan birgalikda regidratatsion terapiya o’tkazish kerak(og’iz orqali yoki tomir ichiga).

Nifuroksazid bilan davolanganda spirtli ichimliklarni qabul qilish mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va yuqori darajadagi diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’siri.

Preparat transport vositalarini va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Kapsulalar

Nifuroksazid, preparatning boshqa komponentlari, 5-nitrofuranning boshqa hosilalariga nisbatan yuqori sezuvchanlik. Saxaraza/izomal’taza tanqisligi, fruktozani ko’tara olmaslik, glyukoza-galaktozli malabsorbsiya. 3 yoshgacha bo’lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).

100 mg va 200 mg kapsulalar. 10 kapsula (100 mg dozada) yoki 5,7,8 kapsulalar (200 mg dozada) polivinilxlorid plyonkadan tayyorlangan konturli uyachali qadoq va bosilgan loklangan alyumin zar qog’ozga joylashtiriladi. 30 kapsula (100 mg dozada) yoki 16, 28 yoki 30 kapsula buraladigan qopqoqli plastikdan tayyorlangan shishachaga yoki buraladigan qopqoqli polimer bankaga joylashtiriladi. 8 kapsuladan iborat 3 konturli uyachali qadoq (100 mg doza uchun) yoki 2 konturli uyachali qadoq, 7 kapsuladan iborat 4 konturli uyachali qadoq yoki 5 kapsuladan iborat 6 konturli uyachali qadoq(200 mg doza uchun) yoki 1 shishacha yoki 1 banka qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.

Qattiq jelatinli kapsulalar № 0 sariq rangli (100 mg doza uchun) va kapsulalar № 00 sariq rangli qobiq va olov rangli qopqoqli (200 mg doza uchun). Kapsulalar tarkibi – oq zarralari mavjud sariq rangli granulalangan kukun.

Homiladorlik davrida homilaga salbiy ta’siri haqida ma’lumot mavjud emas. Preparat ehtiyoj tug’ilganda, homilador va emizish davridagi ayollarga,ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi mumkin.

Namlik va yorug’likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo’lmagan haroratda. Bolalar qo’li yetmaydigan joyda saqlansin.

Mikrobga qarshi vosita – nitrofuran. ATH kodi: A07AH03

Ichga qabul qilinadi. Kattalar va 7 yoshdan katta bolalarga: 100 mg dan 2 kapsula yoki 200 mg dan 1 kapsula sutkasiga 4 mahal (800mg/sut). 3-7 yoshdagi bolalarga: 100 mg dan 2 kapsula yoki 200 mg dan 1 kapsula sutkasiga 3 mahal (600mg/sut). Nifuroksazid bilan davolanish davomiyligi – 7 sutkadan ortiq emas.

Yaroqlilik muddati 5 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan so’ng qo’llanmasin.

100 mg doza uchun:
Faol modda: nifuroksazid 100,0 mg Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza - 23,0 mg, kartoshka kraxmali - 9,0 mg, magniy stearati - 4,0 mg, kapsula tarkibining massasini hosil qilguncha saxaroza 460,0 mg. Qattiq jelatinli kapsulalar №0: 0 [jelatin (100 % gacha, suv (14-15 %), xinolin sariq bo’yog’i (0,5834 %), quyosh botishi bo’yog’i (0,0026 %), titan dioksidi (0,9740 %)].

200 mg doza uchun:
Faol modda: nifuroksazid 200,0 mg Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza - 58,0 mg, kartoshka kraxmali - 18,0 mg, magniy stearati - 6,0 mg, kapsula tarkibining massasini hosil qilguncha saxaroza 630,0 mg. Qattiq jelatinli kapsulalar №00: [jelatin (100 % gacha, suv (14-15 %), Qopqoq: qip-qizil bo’yoq [Ponso 4R] (0,079801 %), patentlangan ko’k bo’yoq (0,00165 %), quyosh botishi bo’yog’i (0,093301 %), titan dioksidi (0,813158 %); Qobiq: xinolin sariq bo’yog’i (0,583356 %), quyosh botishi bo’yog’i (0,002565 %), titan dioksidi (0,974035 %)].

Dozani oshirib yuborilishining o’ziga hos belgilari ta’riflanmagan. Shoshilinch yordamning standart choralari tavsiya etiladi.

Retseptsiz.

5-nitrofuranning hosilasi – keng spektrli ta’sirga ega mikrobga qarshi vosita. Oshqozon-ichak trakti infeksiyalarini davolashda qo’llaniladi. Nifuroksazid degidrogenaz faolligini bloklaydi va nafas olish zanjirlarini, trikarbonat kislotalari aylanishini va bakterial hujayradagi boshqa biokimyoviy reaksiyalarni jabrlaydi. Sezuvchan bakteriyalarning membranasini zaiflashtiradi, mikroorganizmlarning toksinlar ishlab chiqarishini susaytiradi. Immunitetni faollashtiradi, fagotsit va titr komplementning faolligini oshiradi.

Grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan samarali:

  • Staphylococcus spp.;
  • Streptococcus spp.


grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan samarali

  • Salmonella spp.;
  • Klebsiella spp.;
  • Enterobacter spp.;
  • Escherichia coli;
  • Shigella spp.;
  • Proteus spp.;
  • Haemophilus influenzae;
  • Campilobacter spp.;
  • Edwarsiella spp.;
  • Citrobacter spp.;
  • Vibrio cholerae;
  • Yersinia enterocolitica.


Nifuroksazid inson ichagi normal mikroflorasi holatiga ta’sir ko’rsatmaydi. O’tkir bakterial diareyada ichak zubiozini tiklaydi. Enterotrop viruslar bilan zararlanganda bakterial superinfeksiyaning o’sishiga to’sqinlik qiladi.

Allergik reaksiyalar.

QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR MAVJUD. QABUL QILISHDAN AVVAL YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING
Yuqoriga
Qayerdan sotib olish mumkin